Quloq kasalliklari davolash davolash
Quloq kasalliklari — tasnifi, turlari, alomatlari, davolash va oldini olish
Quloq tuzilishi murakkabligi bobida takrorlanmas a’zodir. U uchta qismdan iborat — tashqi, o’rta va ichki quloq. Tashqi qismi quloq suprasi va tashqi eshitish yo’lidan iborat (maxsus asboblardan foydalanmagan holda tekshirish mumkin bo’lgan qismlar). O’rta quloq — bu chakka suyagi ichida joylashgan eshitish suyakchalari bo’lgan nog’ora bo’shlig’i. Va nihoyat, ichki quloq tovush to’lqinlarining asab impulslariga aylanishi va organizmning muvozanati uchun javob beradigan suyak kanallari tizimini o’z ichiga oladi.
Bu qiziq
Ichki quloqning yana bir nomi — labirint — bu organ tuzilishining murakkabligi bilan bog’liq. Tashqi tomondan u haqiqatan ham chigal kanallarga o’xshaydi, uning yordamida ko’zlar yumilgan taqdirda ham miya organizmning holati to’g’risida ma’lumot olishga qodir.
Quloq kasalliklari kam uchraydigan patologiya emas. JSST ma’lumotlariga ko’ra, eshitish qobiliyatining keskin pasayishi dunyo aholisining 5 foizida kuzatiladi. Ammo bunda faqat eshitish va muvozanat organlariga jiddiy zarar yetishi haqida gap bormoqda, holbuki o’rtacha og’irlikdagi kasalliklar hayot davomida har qanday yosh va kasb egalarida bir necha marta kuzatilishi mumkin.
Shu bilan birga, ba’zi kishilar boshqalarga qaraganda quloq muammolari shikoyatlari bilan LOR shifokorga ko’proq murojaat qilishadi. Xususan kasbi baland ovozlar ta’siri bilan bog’liq bo’lganlar (qurilish, tungi klublar ishchilari va boshqalar), surunkali immunitet tanqisligi bo’lgan bemorlar, suzuvchilar va oilasida irsiy quloq kasalligi bo’lganlar xavf guruhiga kiradi.
Quloq kasalliklari juda keng qamrovli ro’yxatdan iborat, shuning uchun mumkin bo’lgan muammo tashxisini shifokorga ishonib topshirish va internetdan yoki professional qo’llanmalardan foydalanib, mustaqil javob izlamaslik juda muhimdir.
Quloq kasalliklari turlari
- Tug’ma — tashqi, o’rta yoki ichki quloq rivojlanishining anatomik yoki fiziologik nuqsonlari bilan bog’liq patologiyalar. Irsiy yoki rivojlanish buzilishi bilan namoyon bo’ladigan murakkab sindromning bir qismi bo’lishi mumkin. Ushbu turdagi patologiya tug’ma neyrosensor karlik, mikrotiya, Goldenxar sindromi va boshqalarni o’z ichiga oladi;
- Shikastlanishvamexanikta’sirtufayli — baxtsiz hodisa yoki ishlab chiqarishdagi shikastlanish natijasida yuzaga keladi. Masalan, nog’ora pardaning yorilishi baland tovush tufayli yoki hatto quloqlarni ehtiyotsizlik bilan tozalash natijasida sodir bo’lishi mumkin;
- Infektsion kasalliklar viruslar, bakteriyalar yoki zamburug’larning patogen ta’siriga javoban yuzaga keladigan yallig’lanish jarayoni bilan bog’liq. Infektsiya qo’zg’atuvchisi quloqqa tashqi eshitish kanali yoki boshqa jiddiy kasalliklar (masalan angina yoki sil kasalligi) bo’lganda qon orqali kirishi mumkin.
Kasallikning shakliga qarab quyidagilar farqlanadi:
-
O’tkir quloq kasalliklari — ular alomatlarning keskin o’sishi bilan ajralib turadi va qo >Ichki quloq kasalliklari
Ushbu kasalliklar guruhiga vestibulyar yoki eshitish apparati shikastlanishi bilan bog’liq patologiyalar kiradi. Natijada bemorda eshitish qobiliyati yoki muvozanatni saqlash bilan bog’liq muammolar paydo bo’ladi (ba’zan ikkalasi ham). Ichki quloq kasalliklarining alomatlari:
Agar kasallik sababchisi infektsiya bo’lsa, unda klinik tasvirga yallig’lanish jarayoni belgilari ham qo’shiladi.
Ichki quloqning eng ko’p uchraydigan kasalliklari labirintit, neyrosensor karlik, Menyer kasalligi va otosklerozdir. Ba’zi patologiyalarni konservativ davolash eng maqbul usul sanalsa, boshqalarida eshitish va muvozanat organlarining faoliyatini tiklash uchun yagona imkoniyat bu jarrohlik operatsiyasini amalga oshirish yoki eshitish protezidan foydalanish bo’ladi.
Qizig’i shundaki
Koxlear implantatsiya quloqning jiddiy patologiyalarida eshitish qobiliyatini tiklaydigan eng noyob operatsiyalardan biridir. Ushbu aralashuv paytida ichki quloqdagi eshitish nervi elektrodga ulanadi, u esa bemor bo’ynining orqa tomoniga o’rnatilgan mikrofondan ovozli ma’lumotlarni oladi. So’nggi o’n yillikda ushbu turdagi jarrohlik dunyo bo’ylab yuz minglab odamlarga eshitishni qaytarishga (yoki birinchi marta ovozni idrok etish quvonchini his etishga) yordam berdi.
O’rta quloq patologiyalari
O’rta quloq nafaqat ichki quloq va tashqi eshitish kanali bilan, balki burun-halqum bilan ham anatomik aloqada bo’lganligi sababli, organning bu qismi turli sabablarga ko’ra patologik jarayonga jalb qilinishi mumkin. Shu bilan birga, o’rta quloq kasalliklari boshning boshqa a’zolari va to’qimalariga ham ta’sir qiladi. Masalan surunkali o’rta otit yuz asabi parezi (falajligini) keltirib chiqarishi yoki meningit rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
O’rta quloq kasalliklari bolalarda ko’p kuzatiladi: o’rta otit ko’pincha surunkali tumov natijasi sanaladi. Ammo, aksariyat kattalar ham quloqlarini «shamollatib» olishlari mumkin, bunda og’riq va pulsatsiya hissi, shuningdek o’tkir respirator kasallik rivojlanganidan ko’p o’tmay eshitish qobiliyati pasayishi kuzatiladi. Otitning yana bir xarakterli alomati autofoniya — quloqlardan biri bemorning o’z ovozini g’ayrioddiy ravishda kuchli qabul qilishi sanaladi.
O’rta quloq bo’shlig’ida yiring to’planib qolsa (o’tkir infektsiya tufayli sodir bo’ladi), suyuqlikning oqib chiqishi bilan nog’ora pardaning egrilanishi yoki yorilishi qayd etilishi mumkin.
O’rta quloqning yallig’lanish yoki o’sma kasalliklari oqibati ba’zida eshitish suyakchalarining qaytarib bo’lmaydigan deformatsiyalari yuz beadi. Bunday holatda, shifokorlar bemorga ularni protezlash bo’yicha operatsiya o’tkazishni taklif qilishlari mumkin.
Tashqi quloq patologiyalari
Fiziologik jihatdan odamning qulog’i tashqi omillar ta’siriga moslashgan va agar immunitet tizimi faoliyati me’yorda bo’lsa, u holda infektsiya yallig’lanish jarayoniga olib kelishi ehtimoli yuqori emas. Ammo katta shaharlardagi noqulay ekologik vaziyat, antibiotiklarni suiste’mol qilish va quloqlarni tozalash uchun noto’g’ri gigienik vositalardn foydalanish tashqi otit — tashqi eshitish kanalining yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Bu kasallik qichishish va jag’ni harakatlantirganda va quloq suprasiga teginilganda kuchayadigan og’riq billan namoyon bo’ladi.
Noxush alomatlar paydo bo’lishining yana bir sababi — quloq suprasi sohasida furunkul (chipqon) chiqishi. Ushbu kasallik ko’pincha metabolik kasalliklar, masalan, qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda kuzatiladi. Furunkulni siqish yoki uni noto’g’ri davolash patologik jarayonni sezilarli darajada og’irlashtirishi mumkin.
Bilish muhim
Tashqi otit ko’pincha suzuvchilar kasalligi deb ataladi, chunki aynan ularda quloqlar infektsiyaning mumkin bo’lgan manbai — suv bilan doimiy aloqada bo’lib, suvga sho’ng’ish paytida bosim o’zgarishiga duchor bo’ladi. Shu sababli, basseynlarda mashq qilishni xush ko’radiganlarga quloq uchun maxsus tiqinlardan foydalanish va ularni doimiy ravishda antiseptik eritmalar bilan yuvib turish tavsiya etiladi.
Oldini olish
Dunyoda hali hech kim eshitish a’zosi o’rnini to’liq bosa oladigan protezini ishlab chiqara olmagan, shuning uchun har birimizga berilgan inomga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish juda muhimdir.
Quloq kasalliklaridan saqlanish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
- Sovuq va yomg’irli ob-havoda bosh kiyim, sharf yoki kapyushon kiyganga ishonch hosil qilish;
- Quloq kanalini tozalash uchun gugurt, qalam, skrepka, paxtali tayoqchalar va boshqa buyumlarni ishlatmaslik — bu faqat quloq oltingugurti ishlab chiqarilishini ko’paytiradi, quloqdagi tiqin mavjud bo’lsa uni yanada ichkariroqqa siljitib yuboradi va tashqi quloqning tabiiy o’zini-o’zi tozalash jarayonini murakkablashtiradi. Bundan tashqari, quloq kanali va nog’ora pardasining shikastlanishi xavfi mavjud. Agar lozim bo’lsa, ushbu muammo bilan LOR shifokorga murojaat qilish kerak;
- Agar mehnat faoliyati yoki sevimli mashg’ulot baland tovushlar yoki musiqa bilan bog’liq bo’lsa, maxsus ovoz o’tkazmaydigan tiqinlar taqishni unutmaslik;
- Burun-halqum va tomoqning o’tkir va surunkali kasalliklarini e’tiborsiz qoldirmaslik — ular quloqlarga tarqalishi mumkin. Davolanayotganda, birinchi navbatda, an’anaviy tibbiyotga emas, balki shifokorning tavsiyalariga tayanish kerak;
- Profilaktik tekshiruvlar uchun muntazam ravishda otorinolaringologga tashrif buyurib turish: u quloqdagi har qanday o’zgarishlarni erta bosqichlarda sezishi mumkin.
Quloq bitishi – sabablari, tashxislash va davolash usullari
Quloq bitishi – yoqimsiz va normal hayot tarziga halaqit beradigan holat. Quloqlarni toza holda saqlaganda ham quloq bitishi kuzatilsa, bu jiddiy kasallikdan dalolat beradi. Xo‘sh, bunday holatda nima qilish kerak? Shunchaki, ertaroq chora ko‘rish zarur.
Quloqlar murakkab tuzilgan a’zolardan biridir. Quloq bilan halqumni bog‘lab turgan Yevstaxiy nayi o‘rta quloqqa ochilgan bo‘ladi va u bosimni me’yorda ushlash uchun xizmat qiladi. Agar qandaydir sabab bilan ushbu nay berkilib qoladigan bo‘lsa, o‘rta quloq bosimga adaptatsiya qila olmay qoladi. Shuning uchun nog‘ora parda ichki tomonga qiyshayadi va quloq bitishi kelib chiqadi.
Foto: Kristiana Gankevych / Shutterstock.com
Nima uchun quloq bitadi?
Ko‘pincha quloq bitishiga sabab atrof muhit bosimi o‘zgarishi, masalan samalyotda uchganda yoki suv ostiga sho‘ng‘iganda. Ba’zida odatiy kichik ko‘rsatkichlardagi bosim o‘zgarishlarida ham quloq bitishi mumkin, masalan ko‘prikka tezlik bilan ko‘tarilganda yoki metroga tushganda.
Ko‘pchilik odamlarda quloqlar shamollaganda bitadi. Bunga sabab halqum yo‘llarining yallig‘lanishi va shishi natijasida Yevstaxiy nayining berkilib qolishidir.
Agar quloq bitsa va og‘risa, bunday belgi kelib chiqishiga asosiy sabab otit kasalligi bo‘la oladi. Tashqi otit tufayli quloqlar kam hollarda bitadi, ammo o‘rta va ichki otitlarda bu simptom yaqqol namoyon bo‘ladi.
Quloq bitishi sabablari
- Eng ko‘p uchraydigan holat, quloqning oltingugurt to‘planib qolishi tufayli bitib qolishi;
- Quloq bitishi arterial gipertenziyada ham kelib chiqadi. Qon bosimi oshishi qon tomirlarning torayishi (spazmi) ga olib keladi, bu esa quloq bitishi, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘iga olib keladi;
- Quloqdagi yot jismlar, masalan quloqni paxta bilan tozalayotganda ehtiyotkorsizlik, yoki quloq ichiga tasodifan hasharotlar kirib ketishi;
- Cho‘milgan paytda quloqlarga suv kirib qolishi va u yerda qolib ketishi sababli quloq bitishi;
- Ayrim dori preparatlarini qabul qilganda paydo bo‘ladigan quloq bitishi. Agar siz dori prepratlari qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, uning qo‘llanmasi bilan tanishib chiqing, ayniqsa nojo‘ya ta’sirlari haq >
Quloq bitishini tashxislash
Quloq bitsa nima qilish kerak? Avvalo shifokor-otolaringolog ko‘ruvidan o‘tish zarur. Ba’zi hollarda oddiy shifokor ko‘ruvi ham kasallik sababini aniqlab olishga imkon beradi. Shunday bo‘lsada, kasallik aniq sababini aniqlab olish uchun bir qator tekshiruv usullarini o‘tkazish kerak. Masalan, burun-halqum yoki yevstaxiy nayidagi yallig‘lanishni aniqlash uchun rentgenografiya o‘tkaziladi. Bundan tashqari, timpanometriya va audiogramma tekshiruvlari ham samarali hisoblanadi.
Quloq bitganda nima qilish kerak?
Demak, quloq bitdi, nima qilish kerak? Davo choralari kasallikning asl sababini yo‘qotishga qaratiladi. Ular quyidagila bo‘lishi mumkin:
-
Agar quloq bitishi shamollash asorat >
Agar quloq bitsa va og‘risa nima qilish kerak?
Bunga sabab otit bo‘lsa, kasallikning darajasi va turiga, hamda uni chaqirgan sababni yo‘qotish kerak. Agar kasallikka sabab bakteriyalar bo‘lsa, shifokor ko‘pincha mahalliy antibiotik davo buyuradi. Kuchli og‘riq kuzatilsa, analgetiklar qabul qilsa ham bo‘ladi. Yallig‘lanishni yo‘qotish uchun yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolanadi. Har qanday dori preparatlarni qat’iy shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish shart. Chunki ba’zi preparatlar nog‘ora parda shikastlanishida qarshi ko‘rsatma bo‘ladi.
Qon bosim oshganda (gipertoniyada) shifokor buyurgan qon bosimini tushiruvchi preparatlarni qabul qilish tavsiya etiladi.
Agar quloqda yot jism turganligiga shubha qilsangiz, uni o‘zingiz mustaqil olishga harakat qila ko‘rmang! Siz nog‘ora pardani shikastlab qo‘yishingiz va yot jismni ichkariroqqa kirg‘azib yuborishingiz mumkin. Malakali shifokorga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Ba’zi holatlarda sizga: elektroforez, yevsataxiy nayini yuvish ham yordam beradi.
Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!
Quloq kasalliklari davolash davolash
Kun.uz «Sog‘lom hayot» loyihasi orqali bugungi kunda ko‘p uchraydigan kasalliklar haqida foydali va kerakli ma’lumotlar berib borishda davom etadi.
Bilamizki, ko‘z insonning eng muhim va kerakli a’zolaridan bir hisoblanadi. Ko‘zlarimiz orqali bu yorug‘ olamni ko‘ramiz, asosiy ma’lumotlarni olamiz. Lekin afsuski ko‘z kasalliklari ichida shunday kasallik borki agar vaqtida aniqlanib davolanmasa, insonning ko‘zi ojiz bo‘lib qolishi mumkin.
Bu ko‘z kasalligi – glaukoma.
Shifokor Aziz Zohidov bilan ayni shu mavzuda suhbat qurdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Glaukoma haqida qisqacha tavsif
Glaukoma – ko‘zi ojizlik, nogironlikka olib keluvchi og‘ir, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘z kasalligi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 100 milliondan ortiq inson glaukoma bilan xastalangan. Shundan 40 millionga yaqini ko‘zi ojiz bemorlardir. Xuddi shu miqdordagi bemorlar hali o‘zida bu xastalik borligini bilmasdan ko‘zi ojizlik rivojlanib borayotganligi ma’lum. Faqat o‘z vaqtida aniqlab to‘g‘ri davolangan holda ko‘zi ojizlikning oldini olish mumkin. Shularni hisobga olgan holda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti glaukomani ijtimoiy ahamiyatga ega bulgan muhim kasalliklar ruyxatiga kiritgan. Har yili mart oyining ikkinchi haftasi dunyoda «Jahon glaukoma haftaligi» tashkillashtiriladi. 2019 yil 10 – 16 mart kunlarida ham butun jahon bo‘ylab glaukomaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Respublikamizda ham 10 yildan buyon bu sanalarda glaukomaga karshi chora tadbirlar, bepul ko‘riklar, aholini tibbiy madaniyatini oshirish uchun maqolalar, bepul aksiyalar o‘tkaziladi.
Glaukoma – ko‘z ichki bosimi oshishi natijasida ko‘ruv nervi atrofiyasi rivojlanishi va ko‘zi ojizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan surunkali kasallik. Gluakoma kasalligi boshida belgilarsiz kechib, bemorni hech narsa bezovta qilmaydi. Erta davrlarda uni aniqlash qiyin, kechki davrda, ko‘ruv nervi atrofiyasi rivojlangandan so‘ng bemor ko‘rishi xiralashishini, og‘riqni his qiladi va shifokorga murojaat kiladi. Glaukoma kasalligi erta aniqlanib, o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansagina ko‘zi ojizlikning oldini olish mumkin. Aks holda, glaukoma tufayli rivojlangan ko‘ruv nervi atrofiyasi va ko‘zi ojizlikni hozirgi kunda davolash imkoni mavjud emas.
Glaukomani aniqlash mushkul, lekin davolash mumkin va lozim.
Glaukomaning qanday belgilari bor?
Glaukoma boshida hech qanday belgilarsiz kechadi va bemor ko‘zidan shikoyat qilmaydi. Ko‘z og‘rishi, ko‘ruv xiralashishi kasallikning kechki davrlarida bezovta kiladi. Odatda bemorni bir tomonlama tez-tez bosh og‘rishi, ko‘z oldida vaqti-vaqti bilan tuman bo‘lishi, ko‘z oldida qora dog‘lar paydo bo‘lishi, yonib turgan lampa oldida kamalaksimon halqa bo‘lishi bezovta qiladi.
Glaukomani qanday qilib erta aniqlash mumkin?
Glaukomani erta aniqlash uchun har bir fuqaro shikoyatlari bo‘lmasa ham yiliga kamida bir marta oftalmolog ko‘rigidan o‘tib turishi kerak. Har bir fuqaro o‘z sog‘ligi uchun mas’uliyat his qilib, ko‘z bosimini o‘lchatishi, ko‘ruv nervi holatini tekshirtirish lozim. Bugungi kunda Respublikamizning har bir tuman va shahar poliklinikalari ko‘z bosimini o‘lchash va ko‘ruv nervi holatini kontaksiz, og‘riqsiz tekshirish bo‘yicha zamonaviy uskunalari bilan to‘liq ta’minlangan.
Ko‘z ichki bosimi normada nechaga teng?
– ko‘z ichki bosimi normada 24 mm simob ustunidan past bo‘lishi lozim.
Glaukoma qanday davolanadi?
Glaukoma aniqlangandan so‘ng birinchi bo‘lib dorilar, ko‘z tomchilari yordamida davolanish boshlanadi. Agar tomchilar yordamida davolash samara bersa, bemor ushbu dorilarni doim tomizib yurishi lozim. Agar belgilangan dori samarasiz bulsa, tekshirish natijasida boshqa dorilar tavsiya qilinadi. Agar hech bir dori ta’sir kilmasa, boshqa davolash usullari tavsiya qilinadi.
Lazer nuri yordamida davolash. Ko‘z ichki suyuqligini dimlanishiga sabab bulgan yo‘llar lazer nuri yordamida ochilib, ko‘z bosimi tushiriladi. Lazer jarrohligi mutlaqo og‘riqsiz va xavfsizdir. Glaukomaning barcha turlarida ham lazer nuri samara bermasligi mumkin.
Jarrohlik usulida davolash. Hozirgi kunda eng samarali usul hisoblanadi. Jarrohlik usuli yuqori samarali bo‘lishi bilan bir qatorda ma’lum nojo‘ya jihatlari bo‘lganligi tufayli birinchi davolash usuli sifatida qo‘llanilmaydi.
Ko‘pchilik hollarda o‘z vaqtida dori tomizmaslik, ko‘z shifokori nazoratida turmaslik, shifokor tavsiyalarini to‘liq bajarmaslik bemor ko‘rishini yomonlashishi va tiklanmas ko‘zi ojizlikka olib keladi.
Kimlar glaukoma bilan kasallanishi ehtimoli baland?
Yaqin qarindoshlarida glaukoma bo‘lgan insonlar, surunkali ko‘z kasalliklari bilan kasallangan bemorlar (miopiya, gipermetropiya, uveit, ko‘z jarohatlari), doimiy ko‘z zo‘riqishi bilan ishlovchilar, migren, qandli diabet, nevrologik kasalliklar bilan xastalangan shaxslarda glaukomaga moyillik bo‘ladi.
Glaukoma kasalligi aniqlangan bemorlar uchun maxsus tartib
· Sog‘ligingiz to‘g‘ri kelguncha mehnat qilishingiz mumkin, faqat asabiy va jismoniy zo‘riqish tavsiya qilinmaydi. 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarish tavsiya qilinmaydi;
· Ishlayotganda yoki o‘qiyotganda yorug‘lik chap tomondan tushishi lozim va yetarli yorug‘lik bo‘lishi lozim. Har 15 minutda tanaffus qiling;
· Engashib ishlash tavsiya qilinmaydi. Masalan: agar siz hovlida jo‘yaklarni tozalamoqchi bo‘lsangiz, chizmoqchi, tikmoqchi bo‘lsangiz uzoq vaqt engashmasdan stulchada o‘tirib ishlash tavsiya qilinadi;
· Ko‘z uchun mashqlar qilib turish foydali;
· Umumiy holatingizga e’tibor bering. Yurak, qon-tomir tizimi, o‘pka kasalliklari, qandli diabet, buyrak va jigar kasalliklari ko‘zingiz holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
· Televizor ko‘rish taqiqlanmaydi, faqat boshingizni to‘g‘ri tutib, yaxshi yoritilgan xonada ko‘ring. Chiroqni o‘chirib, uzoq vaqt televizor ko‘rish tavsiya qilinmaydi;
· Bo‘yinni qisib turuvchi, tor yelkali sviterlar, kiyimlar va galstuklar taqmang;
· Chekish mutlaqo mumkin emas! Alkogol iste’mol qilish qon-tomir sistemasiga va ko‘zga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
· Issiq hammom tavsiya qilinmaydi;
· Uzoq vaqt quyoshda qolish tavsiya qilinmaydi. Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalaning (glaukoma uchun maxsus yashil filtrli ko‘zoynaklar mavjud). Qorong‘i xonada ham uzoq vaqt qolmang;
· Tungi uyqu va kechki sayrlar foydali. Uyqusizlik salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yotishdan oldin oyog‘ingizga issiq vanna qilish, bir qoshiq asal iste’mol qilish foydali;
· Maxsus parhez talab qilinmaydi. Qo‘y go‘shti, yog‘li, achchiq ovqatlarni chegaralang. Vitaminlarga boy oziqlarni (sabzavotlar, mevalar, baliq) ko‘proq iste’mol qiling;
· Birdaniga ko‘p suyuqlik iste’mol qilmang. Choy va boshqa kofeinli ichimliklar ko‘zda qon aylanishini yaxshilaydi. Agar siz kofe ichishni odat qilgan bo‘lsangiz «Kofe sinamasi»dan o‘ting, buning uchun sizning ko‘z ichki bosimingiz kofe ichishdan oldin va 1 soat keyin o‘lchab ko‘riladi. Agar ko‘z bosimi sezilarli darajada kuzatilmasa, sizga kofe ichishda chegaralanish yo‘q;
· Shifokor tavsiya qilgan dorilarni o‘z vaqtida tomizing. Uyingizdan biror joyga ketmoqchi bo‘lsangiz o‘zingiz bilan ko‘z tomizg‘ilarini olish yoddan chiqmasin;
· Shifokor ko‘rigiga har oyda borib turing.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz : 2019 yil 10 – 16 mart kunlari siz yashab turgan tuman va shaxar poliklinikalarida va ba’zi xususiy shifoxonalarda bepul va to‘liq oftalmologik ko‘rikdan o‘tishingiz mumkin. Bunda ko‘z bosimingizni o‘lchashni va ko‘z tubini tekshirib, ko‘ruv nervi holatini aniqlashni shifokordan so‘rashni unutmang.
Rahmatillo Isroilov tayyorladi
OTIT – quloq yallig`lanishiga befarq bo`lmang!
Quloqda yallig`lanish bo`lsa, boshga ham asorat berishi mumkin deb eshitgandim. Haqiqatan ham shundaymi? Tez-tez tumov bezovta qilishi ham quloq kasalliklarini keltirib chiqaradimi?
Odina Halilova, Samarqand shahri
Quloq juda nozik a`zo sanalishini afsuski, hamma ham bilavermaydi. U nafaqat eshituv a`zosi balki bosh miyaga ham daxl qilishi mumkinligi bilan nihoyatda jiddiy e`tiborni talab qiladi. Ushbu sohadagi yallig`lanish ko`pincha og`riq va boshqa bezovtaliklar bilan yuzaga kelib, tibbiyot vakillari uni o`rta quloq yallig`lanishi ya`ni OTIT nomi bilan atashadi. Xo`sh, kasallikning xavf darajasi qanday? Davolashda nimalarga amal qilinadi? Oldini olish-chi? Shu kabi savollarga quyida javob topasiz.
Eshitish pasayadimi?
OTIT kattalarga qaraganda bolalarda og`irroq kechadi. Quloqning qattiq og`rishi, tana haroratining ko`tarilishi, eshitishning pasayishi bilan birga miya va uning pardasiga asorat berishi ham mumkin. Bu esa kuchli bosh og`riqlarini keltirib chiqaradi. Xastalik yuqori nafas yo`llari yallig`lanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: gripp, qizamiq, skarlatina sabab yuzaga kelishi mumkin. Yallig`lanish burun-xalqumdan eshitish nayi orqali nog`ora bo`shlig`iga o`tadi. Bunda hosil bo`lgan yiring, quloq pardasidan o`tib, tashqi eshituv yo`lidan oqib chiqadi. O`rta quloq yallig`lanishining boshqa sabablari ham bor. Bularo qatorida adenoidlar, polip va burun to`sig`ining qiyshayishi kabilarni ham ko`rish mumkin.
Buni bilarmidingiz?
Ma`lumotlarga ko`ra, surunkali tamaki chekish yoki spirtli ichimliklarga ruju qo`yish yuqori nafas yo`llari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu sohadagi yallig`lanish esa burun xususan quloqqa asorat berishi, yallig`lanish jarayonlariga sabab bo`lishi mumkin.
Kasallik kimlarga xavf soladi?
Kun davomida kondisioner tagida o`tirib ishlaydiganlar, rinitga chalingan bemorlar, moddalar almashinuvi natijasida kelib chiqadigan qandli diabet, o`t-tosh va oshqozon osti bezi kasalliklari bilan og`riganlar, shuningdek suv sport bilan shug`ullanidaganlar (agar zarur qoidalarga amal qilinmay uzoq vaqt suv ostida bo`linsa) da otitning yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Kasallik avj olayotganida quloqdan yiringli ajralma oqib turadi. Bu vaqtda albatta shifokorga uchrashish lozim.
Tuzaladimi?
O`rta quloq yallig`lanishida muolajani shifokor belgilashi lozim. O`zingizcha turli davo chorlarani qo`llamang. Yo`qsa quloq pardasiga zarar etishi mumkin. Dori preparatlari yordamida bajariladigan muolaja har bir bemor uchun individual tarzda bo`ladi. O`rta quloq yoki ichki quloq bo`shlig`idan yiring oqishi quloqning xavfli kasalligi hisoblangani bois vaqtida davolab, quloqdan yiring oqishini to`xtatish lozim.
Yana qaytalanadimi?
Har qanday kasallik agar o`z vaqtida muolaja qilinmasa, to`g`ri davolanilmasa va keyingi zarur choralar bajarilmasa takrorlanishi mumkin! Zero bundan hech kim himoyalanmagan. Otit qaytalanmasligini istasangiz, sog`ligingizning ehtiyotini qiling. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida shamollash, sovuqsirash kabi holatlarga yo`l qo`ymang. Bordiyu ilgari otit bilan og`rigan bo`lsangiz, mavsum o`zgarishlariga tayyorgarligingizning ko`ring-u, xastalanmang.
Eslab qoling!
• Cho`milayotganda quloqqa suv kirmasin. Buning uchun bir bo`lak paxtaga vazelin surtib, quloqqa tiqib oling;
• Tumov bo`lganda burunni qattiq qoqmang. Bu ham otit kelib chiqish sabablaridan biri;
• Qulog`ingiz og`riganida issiq kompresslar yoki turli hil malhamlardan foydalanmang. (agar shifokor tavsiyasi bo`lmasa);
• Quloqni maxsus tozalovchi cho`pchalar yordamida kavlayvermang.
Quloqda og`riq, bezovtalik yoki suyuqlik ajralayoganini ko`rishingiz bilan mutaxassisga murojaat qiling. O`z vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis, hatto miya to`qimasi absessi kabi asoratlar ro`y berishi mumkin.
Xastalanmay desangiz!
O`rta quloq yallig`lanishidan himoyalanishning asosiy sharti sog`lom turmush tarzini olib borishdir. Vitamiga boy mahsulotlarni iste`mol qilish, badantarbiya mashqlari, tamaki va spirtli ichimliklardan voz kechish, shamollash, burun va tomoq kasalliklarini o`z vaqtida davolash muhim ahamiyatga ega.